Biz haqimizda
Respublikada aholi o‘rtasida uy-joyga va buning barobarida ipotekaga bo‘lgan ehtiyojning tobora ortishi banklarni uzluksiz resurs bilan ta’minlash zaruratini belgilab beradi.
Mamlakatimiz uy-joy sektorini rivojlantirish, ipoteka kreditlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining barcha qatlamlari uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-5715-sonli Farmoniga asosan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” (keyingi o'rinlarda - Kompaniya) aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan.
Ushbu tashabbus orqali respublikada ipoteka moliyasining barqaror infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Kompaniya faoliyati nafaqat aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga, balki moliyaviy bozor rivojiga, investorlar ishonchini oshirishga va bank tizimida resurslar aylanishining uzluksizligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.

Bizning mahsulotlarimiz
Qayta moliyalashtirish
Qayta moliyalash — Bu qarz oluvchi uchun qulayroq shartlarda joriy yoki yangi kreditordan olingan mavjud qarzni to'lash uchun yangi kredit berishdir. Yangi bank eskisiga qarzni to'laydi va mijoz qarzni to'lashi kerak bo'lgan yangi to'liq kreditorga aylanadi.
Obligatsiyalar
Obligatsiya — bu emitent (davlat, korxona yoki moliyaviy institut) tomonidan chiqariladigan, investor oldidagi asosiy qarzni belgilangan muddatda qaytarish hamda foiz (kupon) to'lovlarini amalga oshirish majburiyatini tasdiqlovchi qarz qimmatli qog'ozidir.
Obligatsiyalar emitentga uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb qilish imkonini beradi, investorlar uchun esa barqaror daromad manbai hisoblanadi.