03 June 2026

Xabarnoma

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati sizga o‘z hurmatini bildirib, 2026-yil 25-iyun kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Buyuk turon MFY, Oloy bozori ko‘chasi, 64-uy Orient biznes markazi manzilida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini eʼlon qiladi. “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining elektron pochta manzili - info@uzmrc.uz.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishining boshlanish vaqti - soat 15:00.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish vaqti soat 14:45 dan 15:00 gacha.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasi- 2026-yil 1-iyun.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi- 2026-yil 19-iyun.

 

Kun tartibi:

  1. Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishining sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash. 
  2. Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash. 
  3. "O‘zIQMK" AJ Ijroiya organining 2025-yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotini, jumladan buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash. 
  4. "O‘zIQMK" AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil yakuni bo‘yicha hisobotini tinglash.
  5. “KPMG-AUDIT” MCHJ auditorlik tashkilotining "O‘zIQMK" AJning 2025-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha MHXS asosida tayyorlangan hisoboti yuzasidan tashqi audit xulosasini tasdiqlash.
  6. "O‘zIQMK" AJning 2025-yil yakuni bo‘yicha "O‘zIQMK" AJ faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlari bajarilishini tekshirish va baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
  7. "O‘zIQMK" AJning 2025-yildagi korporativ boshqaruv tizimini baholash va korporativ boshqaruv Kodeksi qoidalari tavsiyalariga rioya qilish natijalarini ko‘rib chiqish.
  8. Hisobot yilining sof foydasini taqsimlash. 
  9. “O‘zIQMK” AJning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  10. “O‘zIQMK” AJ yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.
  11. “O‘zIQMK” AJ Umumiy yig‘ilish to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni tasdiqlash.
  12. “O‘zIQMK” AJ Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni tasdiqlash.
  13. “O‘zIQMK” AJ Ijroiya organi to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni tasdiqlash.
  14. “O‘zIQMK” AJ Kuzatuv kengashiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.
  15. Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi Xamid Irgashevning vakolatini muddatidan oldin tugatish.
  16. Kuzatuv kengashi mustaqil a’zolarini saylash.
  17. Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
  18. Murodjon Farmanovni “O‘zIQMK” AJ Bosh ijrochi direktori etib saylash.
  19. Kuzatuv kengashining 2023-yil 15-iyundagi Murodjon Farmanovni "O‘zIQMK" AJ Bosh ijrochi direktori etib uch yil muddatga  tayinlanishi to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash.
  20. "O‘zIQMK" AJning 2026-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha MHXS asosida tayyorlangan hisoboti yuzasidan majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish.
  21. "O‘zIQMK" AJning affillangan shaxs bilan jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) ma’qullash.

Aksiyadorlar aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun barcha ma’lumotlar (materiallar) bilan Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Buyuk turon MFY, Oloy bozori ko‘chasi, 64-uy, Orient biznes markazi manzilida tanishishlari mumkin. Bog‘lanish uchun telefon - 78 148 30 00 (118) (Korporativ masalalar bo‘yicha mutaxassis – B. Ibroximov). Murojaatlar dushanbadan jumagacha har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha (tanaffus – 13:00 dan 14:00 gacha) qabul qilinadi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar vakillarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq berilgan ishonchnoma bo‘lishi shart.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 58-moddasiga asosan, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish chog‘ida umumiy yig‘ilishda, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilishi mumkin.           

 

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” 

aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi