Biz haqimizda
Respublikada aholi o‘rtasida uy-joyga va buning barobarida ipotekaga bo‘lgan ehtiyojning tobora ortishi banklarni uzluksiz resurs bilan ta’minlash zaruratini belgilab beradi.
Mamlakatimiz uy-joy sektorini rivojlantirish, ipoteka kreditlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining barcha qatlamlari uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-5715-sonli Farmoniga asosan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” (keyingi o'rinlarda - Kompaniya) aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan.
Ushbu tashabbus orqali respublikada ipoteka moliyasining barqaror infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Kompaniya faoliyati nafaqat aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga, balki moliyaviy bozor rivojiga, investorlar ishonchini oshirishga va bank tizimida resurslar aylanishining uzluksizligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.
