01 April 2026
300 milliard so‘mlik korporativ obligatsiyalar to‘liq joylashtirildi
Kompaniya o‘zining sakkizinchi chiqarilishi doirasida umumiy qiymati 300 milliard so‘m bo‘lgan korporativ obligatsiyalarni to‘liq joylashtirganini ma’lum qiladi.
Mazkur chiqarilish 300 000 dona obligatsiyani o‘z ichiga olgan bo‘lib, har bir obligatsiyaning nominal qiymati 1 000 000 so‘mni tashkil etadi. Obligatsiyalar amaldagi qonunchilik va savdo qoidalariga muvofiq, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi orqali ochiq obuna usulida muvaffaqiyatli joylashtirildi.
Bugungi kunga kelib, Kompaniya tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalarning umumiy hajmi 1 490 milliard so‘mga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich Kompaniyani mamlakatdagi korporativ obligatsiyalar bozorida yetakchi emitentlardan biriga aylantiradi.
Shuningdek, Kompaniya obligatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilgani hamda ular bo‘yicha REPO operatsiyalari imkoniyati mavjudligi investorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda. Bundan tashqari, obligatsiyalardan olinadigan daromadlarning foyda solig‘idan ozod etilgani ushbu moliyaviy instrumentlarning jozibadorligini yanada oshirmoqda.
Mazkur omillar kelgusida nafaqat tijorat banklari, balki sug‘urta kompaniyalari, investitsiya fondlari va boshqa institutsional investorlarning ham faol ishtirokini kengaytirishi kutilmoqda.
| davlat identifikatsiya raqami: | RU308P0912T2; |
| bir dona obligatsiyaning noinal qiymati: | 1 000 000 (bir million) so‘m; |
| obligatsiyalar soni: | 300 000 (uch yuz ming) dona; |
| chiqarilish hajmi: | 300 000 000 000 (uch yuz milliard) so‘m; |
| joylashtirishni boshlash sanasi: | 2026-yil, 31-mart; |
| muomala davri boshlanish sanasi: | 2026-yil, 2-aprel; |
| muomala davri: | 1825 kun; |
| obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: | 2031-yil, 1-aprel; |
| foizli daromad stavkasi: | yillik 16.5 % (o‘n olti butun o‘ndan besh foiz); |
| foizli daromad to‘lanish davri: | 3 oylik; to‘lov valyutasi: so‘m; |
| obligatsiya joylashtirish narxi: | 1 000 000 (bir million) so‘mdan past belgilanishi mumkin emas. |
Boshqa yangiliklar
Kompaniya - Osiyo taraqqiyot banki e'tirofida.
“Uzbekistan Economic Update 2026” forumida Kompaniyaning 2025-yil natijalari va rivojlanish strategiyasi taqdim etildi.
Kompaniya ISO standartlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi.