23 April 2026

Kompaniyaning so’nggi yillarda erishayotgan yutuqlari xalqaro hamkorlar e’tiborini tortmoqda.

Kompaniyaning ipoteka bozorini rivojlantirish borasida erishgan natijalari xalqaro darajada e’tirof etilmoqda. Shu bois Qirg‘izistonning “Davlat ipoteka kompaniyasi” OAJ delegatsiyasi aynan tajriba o‘rganish va ilg‘or amaliyotlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.

Kompaniyaning so’nggi yillarda erishayotgan yutuqlari xalqaro hamkorlar e’tiborini tortmoqda.

Qirg‘izistonning “Davlat ipoteka kompaniyasi” OAJ — mamlakatdagi ipoteka dasturlarini amalga oshiruvchi yirik davlat moliya instituti bo‘lib, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan dasturlarni yuritadi. Tashkilot Qirg‘izistonda ijtimoiy ipoteka yo‘nalishida muhim o‘rin egallab, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan asosiy operatorlardan biri hisoblanadi.

Uchrashuv davomida Kompaniya tomonidan O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlar hamda amaliy tajribalar keng taqdim etildi. Ayniqsa, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish mexanizmlari, tijorat banklari bilan samarali hamkorlik va zamonaviy kreditlash jarayonlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, Kompaniyaning “yashil ta’mir”, o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ipoteka va ipoteka kafolati kabi innovatsion mahsulotlari alohida e’tirof etildi.
Tashrif yakunida tomonlar Kompaniya tajribasini chuqur o‘rganish va kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

📌Qirg‘izistonning ipoteka bozorida muhim o‘rin tutuvchi “Davlat ipoteka kompaniyasi” OAJ delegatsiyasining Kompaniya tajribasini o‘rganish maqsadida tashrif buyurishi, erishilgan natijalarning xalqaro darajada e’tirof etilayotganini yana bir bor tasdiqladi.