14 April 2025
Quyosh panellari orqali energiya samaradorligi va daromad sari!
Energetika samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish borasida PQ-100-sonli Prezident Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Buxoro viloyatiga xizmat safari tashkil etildi.

Energetika samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish borasida PQ-100-sonli Prezident Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Buxoro viloyatiga xizmat safari tashkil etildi.
Safar davomida:
- Quyosh panellari o'rnatgan aholi bilan bevosita suhbatlar olib borildi
- Energiya tejash, texnologiyalardan foydalanish va xalq daromadiga ijobiy tasir o'rganildi
Aholining aytishicha, quyosh panellari yordamida nafaqat elektr energiyasi uchun to'lovlardan xalos bo'lgan, balki:
- Ortiqcha energiyani tarmoqqa sotish orqali oylik daromadga erishmoqda
- Texnologiyalarga bo'lgan ishonch va qiziqish ortgan
- Qayta tiklanuvchi energiya - endilikda real daromad manbaiga aylangan
Bu tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, "yashil energiya" - nafaqat tejamkorlik, balki iqtisodiy barqarorlik va xalq farovonligi garovidir.
Batafsil ushbu havola orqali
Boshqa yangiliklar

DOM.RF va O‘zbekiston uy-joy qurilishi va moliyaviy sohalarda hamkorlikni mustahkamlamoqda.

AFD tomonidan Kompaniyaga 30 million yevro (milliy valyutadagi ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasi va grant mablag‘lari ajratilishi kutilmoqda.

Joriy yilning 4-7 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo'lib o'tayotgan Osiyo taraqqiyot bankining 58-Yillik Yigʻilishida Kompaniya vakili - G'aznachilik rahbari Muhiddin Jumagaldiyev ishtirok etmoqda.
