18 April 2025
Kompaniya o’zining I emissiyasi doirasida chiqarilgan Korporativ obligatsiyalari bo‘yicha III davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini investorlarga to‘lab berdi.

Ma'lumki, 2023-yil oktabr oyida Kompaniya o‘z kapitali doirasida 3 yil muddatga 140 milliard so‘m miqdoridagi ilk Korporativ obligatsiyalarini muomalaga chiqarib, investorlar o‘rtasida to‘liq joylashtirgan edi.
Joylashtirilgan obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari investorlarga har biri 6 oylik 6 ta oraliq davrlarga bo‘lingan holda to‘lanishi belgilangan.
https://uzmrc.uz/uz/press/ads/ofitsialnaya-informatsiya-4.htm
❗️Eslatma: Kompaniya tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuqori likvidli aktivlari tarkibiga kiritilgan:
https://lex.uz/uz/docs/-6791678?ONDATE=08.03.2024%2000#-6793632
Boshqa yangiliklar

AFD tomonidan Kompaniyaga 30 million yevro (milliy valyutadagi ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasi va grant mablag‘lari ajratilishi kutilmoqda.

Joriy yilning 4-7 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo'lib o'tayotgan Osiyo taraqqiyot bankining 58-Yillik Yigʻilishida Kompaniya vakili - G'aznachilik rahbari Muhiddin Jumagaldiyev ishtirok etmoqda.

ompaniya “Global Banking & Finance Awards® 2025” xalqaro mukofotini qo'lga kiritdi.
