Контакты

  • Главная
  • Главные новости
  • Error: #8 - E_NOTICE
    Строка: 42 в файле /www/temp/smarty/compile/main_template_ru^c170809bddc24e6d7dd23722df392283031607fb_0.file.breadcrumb.tpl.php
    Undefined index: noLastLink
    Error: #8 - E_NOTICE
    Строка: 42 в файле /www/temp/smarty/compile/main_template_ru^c170809bddc24e6d7dd23722df392283031607fb_0.file.breadcrumb.tpl.php
    Trying to get property 'value' of non-object
  • Новости
  • "O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ ustav kapitalini oshirmoqda

19 December 2023

"O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ ustav kapitalini oshirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-394-son Qarori bilan "O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya) ustav kapitalini 2024-yil 1-iyunga qadar 808 mlrd so‘mga oshirish va jami 941 mlrd so‘mga yetkazish belgilandi. Ustav kapitaliga qo‘shimcha ulushlar Kompaniyaning mavjud aksiyadorlari va yangi 2 ta aksiyador (tijorat banki) sarmoyalari hisobiga kiritilishi rejalashtirilgan.

"O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ ustav kapitalini oshirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-394-son Qarori bilan "O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya) ustav kapitalini 2024-yil 1-iyunga qadar 808 mlrd so‘mga oshirish va jami 941 mlrd so‘mga yetkazish belgilandi. Ustav kapitaliga qo‘shimcha ulushlar Kompaniyaning mavjud aksiyadorlari va yangi 2 ta aksiyador (tijorat banki) sarmoyalari hisobiga kiritilishi rejalashtirilgan.  

Ipoteka bozorini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning ko‘lamini kengaytirish maqsadida Kompaniya aksiyadorlik jamiyati shaklida davlat ishtirokida (Iqtisodiyot va moliya vazirligi ta’sischiligida) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoniga asosan 2019-yil 4-noyabrda tashkil etilgan. 

Tijorat banklarini ipoteka kreditlari ajratish uchun uzoq muddatli resurslar bilan muntazam ta’minlash, mahalliy va halqaro kapital bozorlarida obligatsiyalarni chiqarish orqali moliyaviy resurslarni jalb qilish hamda ipoteka krediti tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish, shu jumladan metodologik va normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqishda ishtirok etish Kompaniyaning asosiy vazifalari etib belgilangan. 

Kompaniyaning faoliyati davlat-xususiy sherikchilik asosida kooperativ formatda tashkil etilgan bo‘lib, resurslardan foydalanish uchun tijorat banklari Kompaniya aksiyadorlari safiga qo‘shilishi lozim. Ushbu tartib Kompaniya faoliyati kengaygan sari, uning kapitaliga bo‘ladigan yuklamani samarali boshqarish maqsadida yaratilgan.  

Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lishiga qaramasdan, Kompaniyaning barcha kreditlash faoliyati hukumat qarorlaridan mustaqil ravishda, xalqaro amaliyotga muvofiq va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan tasdiqlangan tartib asosida olib boriladi.  

Shuni ta’kidlash joizki, jahon hamjamiyatida Kompaniya faoliyatiga mos vazifani bajaruvchi 50ga yaqin tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyatiga to‘laqonli davlat yoki Markaziy bank egalik qiladi. Davlat ulushi mavjudligi ipoteka uchun likvidlikni ta’minlovchi tashkilotlarga zamonaviy kapital bozori instrumentlaridan to‘laqonli foydalanish va maksimal darajada arzon resurs jalb qilish imkonini beradi. 

Kompaniya tijorat banklariga barcha jalb qilingan mablag‘larni kredit resurslari ko‘rinishida, operatsion xarajatlarni qoplash uchun 1% marja qo‘llagan holda ajratadi. Kompaniya faoliyatidan tushgan sof foyda aksiyadorlar, shu jumladan davlat va tijorat banklari qarori asosida kapitalizatsiyaga yoki dividend to‘lashga yo‘naltiriladi. Tijorat banklari Kompaniya bilan o‘zaro hamkorlikdan uzoq muddatli resurslarga 5 foizgacha marja qo‘llab, ipoteka krediti berish evaziga hamda aksiyador sifatida dividend ko‘rinishida daromad oladi.  

Bugungi kunga qadar Kompaniya o‘z faoliyatini OTBdan Iqtisodiyot va moliya vazirligi (IMV) orqali jalb qilingan, ikkita 150 mln AQSH dollarlik, jami 300 mln AQSH dollari miqdoridagi uzoq muddatli kredit hisobiga moliyalashtirib kelmoqda. Joriy yil 1-dekabr holatiga ushbu kredit mablag‘larining 217,5 mln AQSH dollari qismi o‘zlashtirilgan. 

2022-yil dekabr oyida OTBdan jalb qilingan birinchi 150 mln AQSH dollarini to‘liq o‘zlashtirib bo‘lgach, Kompaniya ipoteka bozorida resurs yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishining oldini olish maqsadida, Iqtisodiyot va moliya vazirligidan 3 yil muddatda qaytarish sharti bilan 300 mlrd so‘m miqdorida budjet ssudasi jalb qilgan. Ushbu kreditlar hisobiga tijorat banklari aholiga 1000 donadan ziyod ipoteka kreditlarini ajratgan.  

Uch yillik faoliyati davomida Kompaniya jami 2,9 trln so‘mlik, 15 744 dona ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirgan. Ajratilgan ipoteka kreditlarining 90 foizi ikkilamchi bozorga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning 35 foizi ayol qarz oluvchilariga berilgan. IMV orqali 20 yilgacha muddatga olingan barcha OTB resurslari kredit shartlariga asosan faqatgina ipoteka krediti ajratishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lib, belgilangan to‘lov jadvali asosida to‘liq qaytariladi.  

Kompaniya o‘z faoliyatini asosan Xalqaro moliya tashkilotlari va kapital bozoridan jalb qilingan resurslar hisobidan moliyalashtiradi. Kompaniya 2023-yilning oktyabr oyida birinchi marta o‘z kapitali doirasida 140 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyasini muomalaga chiqarib, mahalliy bozorda joylashtirishga muvaffaq bo‘ldi.  

Kompaniyaning asosiy faoliyati milliy valyutada ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish ekanligi va mahalliy kapital bozorning salohiyatini oshirish uchun o‘z obligatsiyalarini aynan mahalliy bozorda chiqarish Kompaniya va kapital bozori rivoji uchun strategik ahamiyat kasb etadi.  

Ushbu faoliyat nafaqat tashqi investorlarni mahalliy bozorga jalb qilishga, balki kelajakda korporativ obligatsiyalar daromadlilik egri chizig‘ini yaratish orqali boshqa korporativ emitentlar uchun benchmark joriy qilinishiga asos bo‘ladi.  

Investorlar korporativ obligatsiya sotib olish yoki kredit ajratish uchun boshqa mezonlar qatorida Kompaniya faoliyatining yetarli kapital bilan ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratadi.  

Ustav kapitalini oshirishdan asosiy maqsad, Kompaniyaning resurs jalb qilish salohiyatini maksimal darajada oshirish orqali ipoteka bozorini muntazam resurslar bilan ta’minlab borishdan iborat. Ta’kidlash kerakki, amaldagi prudensial talablar doirasida ustav kapitaliga kiritilgan har bir so‘m evaziga Kompaniya 33 so‘m qo‘shimcha resurs jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Kompaniya O‘zbekiston moliya bozorida likvidlikni ta’minlovchi vosita vazifasini bajaradi va o‘z faoliyati doirasida jalb qiladigan barcha resurslarni aksiyador tijorat banklari orqali ipoteka bozoriga yo‘naltiradi. Ushbu sxema orqali Kompaniya o‘z faoliyatining qayta moliyalashtirish bilan bog‘liq xususiyatlaridan kelib chiqib bank tizimida mavjud bo‘lmagan uzoq muddatli resurslarni shakllantiradi va ipoteka bozorining barqarorligini ta’minlaydi. 

Bundan tashqari, yaqin kelajakda “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingach Kompaniya o‘z kapitalini oshirmasdan turib, shakllantirilgan kredit portfeli doirasida ta’minlangan obligatsiyalar chiqarish orqali mablag‘lar jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Данный сайт работает в тестовом режиме. Перейти на старую версию сайта

Uzmrc.Uz

Error: #8 - E_NOTICE
Строка: 192 в файле /www/temp/smarty/compile/main_template_ru^ede21bcca157e53c2b51189a8b79e66641d41b55_0.file.footer.tpl.php
Undefined index: section
Error: #8 - E_NOTICE
Строка: 192 в файле /www/temp/smarty/compile/main_template_ru^ede21bcca157e53c2b51189a8b79e66641d41b55_0.file.footer.tpl.php
Trying to get property 'value' of non-object
Error: #8 - E_NOTICE
Строка: 192 в файле /www/temp/smarty/compile/main_template_ru^ede21bcca157e53c2b51189a8b79e66641d41b55_0.file.footer.tpl.php
Trying to access array offset on value of type null