29 September 2026
Kompaniya va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) hamkorligidagi texnik ko‘mak missiyasining ikkinchi kuni
Kompaniya, FTA, xalqaro ekspertlar hamda hamkor banklar ishtirokida texnik ko‘mak missiyasining ikkinchi kuni bo’lib o’tdi.
Kun davomida Agrobank, Hamkorbank, Ipoteka Bank va OFB vakillari bilan yashil kreditlash, ESG amaliyotlari, “Yashil Ta’mir” platformasi bilan ishlash hamda xodimlarning o‘quv ehtiyojlari muhokama qilindi.
Shuningdek, marketing, kommunikatsiya va aholini energiya samaradorligi bo‘yicha xabardor qilish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Kun yakunida Kompaniya va FTA ishtirokida missiyaning dastlabki natijalari sarhisob qilinib, ustuvor vazifalar va keyingi bosqichlar kelishib olindi.
Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekistonda energiya samarador uy-joylarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish va “Yashil Ta’mir” yo‘nalishini yanada takomillashtirish.
Boshqa yangiliklar
Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam
Kompaniya va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamkorligida texnik ko‘mak missiyasi boshlandi
Kompaniya — kapital bozori rivoji doirasida xalqaro muloqot maydonida