21 October 2026
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson manzilgohlari bo‘yicha dasturi — UN-Habitatning delegatsiyasi Kompaniya ofisiga tashrif buyurdi
Delegatsiyaga Mintaqaviy dasturlar bo‘limining mintaqalararo maslahatchisi Katja Schaefer rahbarlik qildi.

🏘 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🟣O‘zbekistonda uy-joy sektorini rivojlantirish va ipoteka bozorini takomillashtirish;
🟣aholining munosib va hamyonbop uy-joydan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
🟣mamlakatning ilk Uy-joy profilini ishlab chiqish;
🟣uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish.

🤝 UN-Habitat vakillari kelgusida Kompaniya bilan hamkorlik qilish hamda uy-joy sektori va uni moliyalashtirish yo‘nalishlarida maslahat ko‘magini ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Boshqa yangiliklar
Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam
Kompaniya va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) hamkorligidagi texnik ko‘mak missiyasining ikkinchi kuni
Kompaniya va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamkorligida texnik ko‘mak missiyasi boshlandi