05 October 2026

Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam

Kompaniya vakillari “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun: O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini jadal rivojlantirish sari yangi qadam” mavzusidagi xalqaro davra suhbatida ishtirok etdi.

Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam

Tadbir Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Davra suhbatida kapital bozorini rivojlantirish, zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etish va O‘zbekiston bozorining xalqaro moliya tizimiga integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya uchun ushbu yo‘nalishlar, xususan, sekyuritizatsiyani O‘zbekistonda ilk bor amaliyotga joriy etish jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Kompaniya mamlakatda sekyuritizatsiya mexanizmlarini shakllantirish va ipoteka kreditlarini kapital bozori orqali moliyalashtirishning yangi modelini rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda.  Ushbu yondashuv ipoteka aktivlarini kapital bozoriga olib chiqish, uzoq muddatli moliyalashtirish manbalarini kengaytirish va investorlar uchun yangi instrumentlarni shakllantirish imkonini beradi.

Tadbir doirasidagi muhokamalar O‘zbekistonda sekyuritizatsiya bozorini yanada rivojlantirish, uning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish hamda xalqaro amaliyot bilan uyg‘unlashtirish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Yangi qonun doirasida sekyuritizatsiya, qoplangan obligatsiyalar va boshqa zamonaviy moliyaviy instrumentlarning rivojlanishi O‘zbekiston kapital bozorining chuqurlashishi va investitsiya imkoniyatlarining kengayishiga xizmat qilishi kutilmoqda.