22 December 2025
Kompaniya va MKBANK o‘rtasida "Bosh qayta moliyalashtirish kelishuvi" imzolandi
📊Kompaniya hamkor banklari safi tobora kengayib bormoqda. Endilikda ular 14 taga yetdi. Bugun Kompaniya va “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida "Bosh qayta moliyalashtirish kelishuvi" imzolandi.

📌Ushbu kelishuv orqali uy-joy xarid qilish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari barqaror moliyaviy manbalar bilan ta’minlanadi. Natijada, fuqarolar uzoq muddatli, qulay foiz stavkalariga ega ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

✅Tomonlar bu hamkorlikning uzoq muddatli va strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Kelishuv asosida amalga oshiriladigan loyiha va dasturlar mamlakatda uy-joy masalasi bo‘yicha mavjud ehtiyojlarga javob beruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar
Birlashgan millatlar tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlari bilan uçraşuv ötkazildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson manzilgohlari bo‘yicha dasturi — UN-Habitatning delegatsiyasi Kompaniya ofisiga tashrif buyurdi
Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam