29 January 2026

Kompaniya ISO standartlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Kompaniya ISO standartlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi.

🏆Kompaniya o‘z faoliyatini milliy va xalqaro ilg‘or amaliyotlar asosida olib borayotganini tasdiqlab, ISO 9001:2015 - Sifat menejmenti tizimi va ISO 37001:2016 - Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi bo‘yicha milliy hamda xalqaro sertifikatlarni, shuningdek ISO 26000:2010 - Ijtimoiy mas’uliyat standarti talablariga muvofiqlikni muvaffaqiyatli joriy etdi.

✅ISO 9001:2015 sertifikati Kompaniyada ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish jarayonlari, ichki operatsiyalar va boshqaruv tizimi sifatining milliy va xalqaro standartlarga to‘liq mos ravishda yo‘lga qo‘yilganligini tasdiqlaydi.

🛡ISO 37001:2016 sertifikati Kompaniyada korrupsiyaga qarshi murosasiz siyosat, ichki nazorat mexanizmlari va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha tizimlar milliy va xalqaro talablar asosida joriy etilganligini anglatadi. Bu esa hamkorlikda ishonch va shaffoflikni ta’minlaydi.


📌Shuningdek, Kompaniya faoliyatida ISO 26000:2010 ijtimoiy mas’uliyat standarti tamoyillari milliy va xalqaro amaliyotlarga muvofiq joriy etilib, halol ish yuritish, manfaatdor tomonlar bilan ochiq muloqot, ESG siyosati hamda ipoteka va uy-joy bozorining barqaror rivojiga hissa qo‘shish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

🚀 Mazkur sertifikatlarning ham milliy, ham xalqaro darajada qo'lga kiritilishi Kompaniyaning ipoteka bozoridagi ishonchliligi va institutsional salohiyatini yanada mustahkamlaydi.