10 June 2026

Kapital bozorida yangi bosqich: Ilk ipoteka obligatsiyalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

2026-yil 9-iyun kuni O‘zbekiston kapital bozori tarixida muhim voqea yuz berdi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) tomonidan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ (Kompaniya) huzurida tashkil etilgan maxsus vakolatli tashkilot — “UMRC SPV” MChJning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qarori davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Kapital bozorida yangi bosqich: Ilk ipoteka obligatsiyalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

2026-yil 9-iyun kuni O‘zbekiston kapital bozori tarixida muhim voqea yuz berdi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) tomonidan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ (Kompaniya) huzurida tashkil etilgan maxsus vakolatli tashkilot — “UMRC SPV” MChJning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qarori davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Bu obligatsiyalar chiqarilishi O‘zbekistonda ipoteka kreditlarini sekyuritizatsiya qilish asosida chiqarilayotgan ilk ipoteka obligatsiyalari bo‘lib, mamlakat ipoteka va kapital bozorlari rivojida yangi bosqichni boshlab bermoqda. 

Ushbu natija, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-sonli Farmoniga asosan uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan izchil islohotlar samarasidir.

Mazkur Farmon ijrosi doirasida Agentlik tomonidan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining joriy etilishi kapital bozorida yangi moliyaviy instrumentni amaliyotga tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni yaratdi. Agentlikning qo‘llab-quvvatlashi va zamonaviy yondashuvlari natijasida mamlakatimizda ilgari qo‘llanilmagan sekyuritizatsiya mexanizmini sinov tariqasida ishga tushirish imkoniyati yuzaga keldi. 

Mazkur loyihaning amaliy ijrosi esa Kompaniya tomonidan ta’minlanmoqda: xalqaro tajriba o‘rganildi, zarur institutsional va huquqiy mexanizmlar ishlab chiqildi hamda ipoteka obligatsiyalarini chiqarish uchun maxsus vakolatli tashkilot — “UMRC SPV” MChJ tashkil etildi. 

Pilot loyiha doirasida respublikadagi beshta bankning ipoteka kreditlari negizida umumiy qiymati 200 milliard so‘mlik ipoteka obligatsiyalarini chiqarish rejalashtirilgan. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dastlabki emissiya AT “Xalq banki” tomonidan ajratilgan 40,5 milliard so‘mlik ipoteka kreditlari portfeli asosida amalga oshiriladi. 

Ipoteka obligatsiyalari banklarga ipoteka kreditlari portfelini kapital bozori orqali qayta moliyalashtirish, qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish hamda yangi ipoteka kreditlari ajratish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, institutsional va xususiy investorlar uchun yangi investitsiya instrumentini yaratib, ipoteka bozoriga uzoq muddatli mablag‘larni jalb etishga xizmat qiladi.

Kompaniya uchun mazkur emissiyaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi nafaqat navbatdagi loyiha, balki Kompaniya tashkil etilganidan buyon amalga oshirilgan strategik sa’y-harakatlarning muhim natijasi hisoblanadi. Ushbu muvaffaqiyat Kompaniyaning mamlakat ipoteka bozorini transformatsiya qilish, zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etish va kapital bozorini chuqurlashtirishdagi faol rolini yana bir bor tasdiqlaydi.