28 November 2025
ASMMA 2025 yillik yig‘ilishi yakunlandi
Osiyo ikkilamchi ipoteka bozori assotsiatsiyasi (ASMMA)ning navbatdagi yillik yig‘ilishi Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqadagi ipoteka tashkilotlari vakillari ikkilamchi ipoteka bozorining rivoji, hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish va kelgusi yil ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
📝Yig'ilishda kun tartibi doirasidagi barcha masalalar ko'rib chiqildi. Unga ko'ra ASMMA kotibiyati va a’zolarning yillik faoliyati taqdimoti bo'lib o'tdi.

✅2026-yil uchun ASMMA Raisi etib Mongoliya ipoteka korporatsiyasi nomzodi ma’qullandi.
🖊Kompaniya va Mongoliya ipoteka korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

↗️Yig‘ilishda kapital bozorlari orqali resurslarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish va mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
📌ASMMA a’zolari o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish orqali Osiyoda barqaror ipoteka bozorini rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Boshqa yangiliklar
Birlashgan millatlar tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlari bilan uçraşuv ötkazildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson manzilgohlari bo‘yicha dasturi — UN-Habitatning delegatsiyasi Kompaniya ofisiga tashrif buyurdi
Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam