29 May 2025
Ipoteka kreditlari iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
Ko'pchilik ipotekani faqat uy olish vositasi deb biladi. Ammo aslida ipoteka tizimi butun iqtisodiyotga ta'sir qiladi:
- Qurilish sektori rivojlanadi - odamlar ko'proq uy olgani sari talab oshadi, yangi uylar quriladi, ish o'rinlari paydo bo'ladi.
- Banklar foyda ko'radi - uzoq muddatli, kafolatli kreditlar orqali daromad oladi.
- Iste'molchilar moliyaviy savodli bo'ladi - byudjetini rejalashtiradi, intizomli to'lov qilishni o'rganadi.
- Davlat uchun ham foydali - soliq tushumlari ortadi, iqtisodiyotda pul aylanishi kuchayadi.
Oddiy qilib aytganda, ipoteka bu - faqat uy emas, balki iqtisodiyot dvigateli hamdir.