27 February 2025
“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ Kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligi uchun tanlov e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlat fuqarolari tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin. Tanlov “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda "O‘zIQMK" AJ) Kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligi uchun tanlov o‘tkazish va nomzodlarni tanlab olish to‘g‘risidagi nizom asosida o‘tkaziladi.
Tanlovga arizalarni qabul qilishning boshlanish sanasi: 2025 yil 28 fevral kuni, soat 09:00 dan
Tanlovga arizalarni qabul qilishning tugash sanasi: 2025 yil 28 mart kuni, soat 18:00 gacha.
A’zolik o‘rinlari soni: 3
Ariza jo‘natiladigan elektron manzil: info@uzmrc.uz
Aloqa ma’lumotlari: 78 148 30 00 (116), info@uzmrc.uz
"O‘zIQMK" AJ faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- banklarga ular tomonidan berilgan yoki beriladigan ipoteka kreditlariga moliyaviy mablag‘lar taqdim etish;
- banklar tomonidan berilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha talab qilish huquqini olish;
- pul mablag‘larini banklar tomonidan chiqarilgan ipoteka qimmatli qog‘ozlariga joylashtirish;
- ipoteka kreditlarini qayta moliyalash bilan bog‘liq maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish;
- xizmatlarni masofadan turib (elektron xizmatlar) ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlarini, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini va ularning qarz qimmatli qog‘ozlarini sotib olish, bo‘sh pul mablag‘larini bankka omonatlar (depozitlar) sifatida kiritish.
Lavozimga da’vogar nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi, mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa) yoki ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar, ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
- mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma (rezume);
- tavsiyanoma (agar mavjud bo‘lsa);
- “O‘zIQMK” AJ Kuzatuv kengashi mustaqil a’zosi mustaqillik mezonlariga mosligi to‘g‘risidagi ariza (1-ilova).
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish (xorijiy va xalqaro o‘quv yurtlarida ta’lim olganligi to‘g‘risida sertifikat va diplomlari mavjud nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi);
- uch yil va undan ortiq boshqaruv tajribasiga ega bo‘lish;
- “O‘zIQMK” AJ faoliyatiga taalluqli jarayonlarni, bozor va tarmoq faoliyatini chuqur tushunishi;
- tashkilot va sohalarni strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lish;
- operatsion boshqaruv tajribasiga ega bo‘lish;
- moliyaviy institutlar, potensial investorlar, maslahatchilar va tashkilotlar bilan biznes aloqalar va muzokaralar olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- korporativ boshqaruv tamoyillarini tushunishi;
- rejalashtirish, moliya, audit, inson resurslari, xatarlarni boshqarish, korporativ boshqaruv, rag‘batlantirish bo‘yicha bir yoki undan ortiq kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Quyidagi nomzodlar tanlovda qatnasha olmaydilar:
- So‘nggi uch yil ichida “O‘zIQMK” AJ da va (yoki) “O‘zIQMK” AJ ning affillangan shaxslarida ishlagan shaxs;
- “O‘zIQMK” AJ ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) affillangan shaxslar orqali) aktsiyador;
- “O‘zIQMK” AJ ning va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijoz va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bo‘lgan shaxs. Bunda qaysi shaxslar bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan ko‘p bo‘lgan summaga teng amaldagi shartnoma mavjud bo‘lsa, o‘sha shaxslar yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb e’tirof etiladi;
- so‘nggi uch yil ichida “O‘zIQMK” AJ ga va (yoki) “O‘zIQMK” AJ ning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan auditorlik tashkilotining xodimi;
- ketma-ket olti yil davomida “O‘zIQMK” AJ ning Kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaxs;
- “O‘zIQMK” AJ va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega bo‘lgan shaxs, bundan Kuzatuv kengashi a’zosisining vazifalari va funksiyalari bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan kelishuvlar mustasno;
- “O‘zIQMK” AJ ning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining a’zosi bo‘lgan shaxsning yoki so‘nggi uch yil ichida ularga a’zo bo‘lgan shaxsning yaqin qarindoshi yoki quda tomonidan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, o‘g‘illari, qizlari, eri (xotini), shuningdek erining (xotining) ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bo‘lgan shaxs;
- Davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi bo‘lgan shaxs;
- “O‘zIQMK” AJ ning ustavida yoki aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablar bo‘yicha mos bo‘lmagan shaxs.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, kutilayotgan vazifalar va vakolatlar:
- qonunchilikda va “O‘zIQMK” AJ ustavida belgilangan Kuzatuv kengashi a’zosi vakolat va vazifalarini bajarish;
- vijdonan va jonkuyarlik asosida harakat qilish;
- “O‘zIQMK” AJ manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilish;
- “O‘zIQMK” AJ ga nisbatan qaror qabul qilishda ehtiyotkorlik bilan yondashish;
- qarorlarni mustaqil, shaxsiy va boshqa manfaatlarni inobatga olmagan holda qabul qilish.
27.02.2025 "O‘zIQMK" AJ Kuzatuv kengashi
1-ilova
“O’zIQMK” AJ Kuzatuv Kengashiga
Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzoligi uchun belgilangan talablarga muvofiqlik to‘g‘risida
ARIZA
Men, ___________________________ ushbu bilan nomzod sifatida quyidagilarni tasdiqlayman:
- Korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga egaman (korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega bo‘lish talab etilmaydigan shaxslar tarkibiga kiraman);
- iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanmaganman hamda sud qarorlariga asosan mansab lavozimlarni egallashim cheklanmagan, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilmaganman;
- so‘nggi uch yil ichida “O‘zIQMK” AJ da va (yoki) “O‘zIQMK” AJ ning affillangan shaxslarida faoliyat yuritmaganman;
- “O‘zIQMK” AJ ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) affillangan shaxslar orqali) aksiyador emasman;
- “O‘zIQMK” AJning va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bo‘lmaganman va/yoki hozirda bu kabi munosabatlarga ega emasman;
- so‘nggi uch yil ichida “O‘zIQMK” AJ ga va (yoki) “O‘zIQMK” AJning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lmaganman;
- ketma-ket olti yil davomida “O‘zIQMK” AJning Kuzatuv kengashi tarkibida faoliyat yuritmaganman;
- “O‘zIQMK” AJ va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega emasman (bundan kuzatuv kengashi aʼzosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini taʼminlash bilan bog‘liq bo‘lgan kelishuvlar mustasno);
- “O‘zIQMK” AJning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining aʼzosi bo‘lgan shaxsning yoki so‘nggi uch yil ichida ularga aʼzo bo‘lgan shaxsning yaqin qarindoshi yoki quda tomondan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, o‘g‘illari, qizlari, eri (xotini), shuningdek erining (xotinining) ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bo‘lgan shaxs emasman;
- davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi emasman.
Ushbu arizada keltirilgan barcha maʼlumotlarning, shuningdek unga ilova qilingan hujjatlar va materiallarda mavjud bo‘lgan maʼlumotlarning haqiqiyligi, ishonchliligi va to‘g‘riligini tasdiqlayman.
Men tomonimdan haqiqiy bo‘lmagan, ishonchsiz va noto‘g‘ri (yolg‘on) maʼlumotlar berilganligi aniqlangan taqdirda, tanlovdan yoki Kuzatuv kengashi tarkibidan (agar tarkibga saylangandan so‘ng aniqlansa) chetlatilishim to‘g‘risida xabardorman.
___________________ (sana)
___________________ (imzo)