Bo'sh ish o'rinlari

Ishga qabul qilish tartibi

“O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJdagi (keyingi o'rinlarda Kompaniya) mavjud vakant lavozimlarga nomzodlar belgilangan malaka talablari asosida va qonunchilikda belgilangan tartibda mustaqil tanlovlar orqali tanlab olinadi.

Kompaniyaga ishga qabul qilish Mehnat kodeksi va Kompaniya ichki hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Kompaniyadagi bo'sh ish o'rinlari (vakant lavozimlar) to'g'risidagi ma'lumotlar hh.uz saytiga joylashtiriladi.

Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat'i nazar, o'zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma'lumot darajasiga ega, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari Kompaniyaga mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinishi mumkin.

Bo'sh ish o'rinlari (vakant lavozimlar)ga ishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish: https://hh.uz/employer/4594479?hhtmFrom=vacancy orqali amalga oshiriladi.

Rezyume jo'natish