Biz haqimizda

Respublikada aholi o‘rtasida uy-joyga va buning barobarida ipotekaga bo‘lgan ehtiyojning tobora ortishi banklarni uzluksiz resurs bilan ta’minlash zaruratini belgilab beradi. 

Mamlakatimiz uy-joy sektorini rivojlantirish, ipoteka kreditlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining barcha qatlamlari uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-5715-sonli Farmoniga asosan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” (keyingi o'rinlarda - Kompaniya) aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan.

Ushbu tashabbus orqali respublikada ipoteka moliyasining barqaror infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Kompaniya faoliyati nafaqat aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga, balki moliyaviy bozor rivojiga, investorlar ishonchini oshirishga va bank tizimida resurslar aylanishining uzluksizligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.

Biz haqimizda

Kompaniyaning maqsadlari

Banklarga ular tomonidan uy-joy sotib olish yoki ta’mirlash uchun berilgan yoki beriladigan ipoteka kreditlariga moliyaviy mablag‘lar taqdim etish
Banklar tomonidan berilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha talab qilish huquqini olish;
Ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish bilan bog‘liq maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish
Pul mablag‘larini banklar tomonidan chiqarilgan ipoteka qimmatli qog‘ozlariga joylashtirish
Xizmatlarni masofadan turib (elektron xizmatlar) ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlarini, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini va ularning qarz qimmatli qog‘ozlarini sotib olish, bo‘sh pul mablag‘larini bankka omonatlar (depozitlar) sifatida kiritish