01 August 2025
“Yashil ta’mir” ipoteka kreditlari va subsidiya mexanizmlari: banklar bilan amaliy muloqot.
Kompaniya tomonidan tijorat banklarining chakana kreditlash bo‘yicha mas’ul vakillari uchun tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda joriy ipoteka mahsulotlari hamda “Yashil ta’mir” dasturining moliyaviy imkoniyatlari keng qamrovda muhokama qilindi.Taqdimotda Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan kredit mahsulotlarining asosiy shartlari, ularning moliyaviy manbalari va tijorat banklari orqali aholi uchun taqdim etilish tartibi haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbirda "Energiya samaradorligi milliy agentligi" vakillari ham ishtirok etib, “Yashil ta’mir” ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya mexanizmini tushuntirdilar. Ushbu mexanizmga ko‘ra, mijozlar tomonidan amalga oshirilgan energiya samaradorlikka yo‘naltirilgan ta’mirlash xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Mazkur tizim:
* yashil texnologiyalarni rag‘batlantirish;
* uy-joylarda energiya tejamkorligini oshirish;
* ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni kuchaytirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot shaklida savol-javoblar o‘tkazildi, takliflar muhokama qilindi.