25 June 2025
Birgalikda — biz bir oilamiz!
🎉 Kompaniya xodimlari va ularning farzandlari ishtirokida tashkil etilgan samimiy va do‘stona muhitdagi “Birgalikda — biz bir oilamiz” nomli jamoaviy tadbir unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi! 🤝 Tadbirning asosiy maqsadi — jamoa ruhini mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni oshirish, eng muhimi esa oila qadriyatlarini ulug‘lash edi. Ota-onalar ish joyidagi jamoasi bilan, farzandlar esa bir-birlari bilan tanishib, vaqtni mazmunli o‘tkazishdi. 🎈 Dastur davomida: ▪️ qiziqarli o‘yinlar; ▪️ kvestlar; ▪️ fokus chiqishlari; ▪️ oila va jamoaga bag‘ishlangan iliq suhbatlar bo‘lib o‘tdi. 💚 Bu kabi tadbirlar jamoamizni yanada yaqinlashtiradi, har bir xodimning o‘zini katta oilaning muhim bir a’zosi sifatida his etishiga yordam beradi.