11 November 2025

“YASHIL VA QULAY UY-JOY” XALQARO FORUMI

“YASHIL VA QULAY UY-JOY” XALQARO FORUMI

Joriy yilning 27-noyabr kuni "O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (IMV), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda O‘zbekiston uy-joy bozorini yanada rivojlantirish, “yashil” ipoteka mexanizmlarini joriy etish, ipoteka bozorini moliyalashtirishning innovatsion yechimlarini taklif etish va bu borada xalqaro tajribalarni o‘rganish maqsadida milliy va xalqaro uy-joy bozorining nufuzli vakillari hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar ishtirokida “Yashil va qulay uy-joy” Xalqaro forumi" o‘tkaziladi.

Forum dasturi doirasida:

✅ IMV, Markaziy bank, xalqaro rivojlanish moliya institutlari (JB, OTB, YETTB, XMK, FTA va h.k.), xalqaro investitsion banklar, uy-joy sohasi ishtirokchilari, yetakchi mutaxassis va xalqaro ekspertlar ishtirokida fikr va mulohaza almashish platformasi yaratiladi

✅ Kompaniya, IMV va xalqaro moliyaviy tashkilotlar o‘rtasida kelishuv va shartnomalar imzolanadi

✅ “O‘zbekiston–2040” strategiyasi doirasida uy-joy va ipoteka bozorining istiqbollari muhokama qilinadi

✅ Osiyo ikkilamchi ipoteka bozori soxasidagi yetakchi moliyalashtirish tashkilotlari ishtirokida uy-joyni moliyalashtirish xalqaro amaliyotlari muhokama qilinadi

✅ Respublikaning eng faol, eng kreativ va eng mas’uliyatli tijorat banklarini taqdirlash marosimi

Spikerlar:

🎙 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri

🎙O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi

🎙 YETTB, OTB, XMK, Jahon banki, FTA va boshqa xalqaro moliya institutlari rahbarlari

🎙 Yaponiya, Malayziya, Qozog‘iston va Pokiston uy-joy bozori sohasidagi yetakchi tashkilotlar rahbarlari

Ro‘yxatdan o‘tish

📩 Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar orasidan tanlab olingan ishtirokchilarga rasmiy elektron taklifnoma yuboriladi.

#UyJoyForumi #UzMRC #TashkentForum #YETTB #OTB #IMV #MB