30 July 2025

"Yashil ta'mir" ipoteka krediti dasturiga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ham qo‘shildi.

"Yashil ta'mir" ipoteka krediti dasturiga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ham qo‘shildi. "Yashil ta'mir" ipoteka krediti mahsuloti doirasida hamkor banklar soni ortib bormoqda. Endilikda mazkur dastur bo‘yicha qayta moliyalashtirish jarayonlariga  "Biznesni rivojlantirish banki" ATB (BRB) ham qo‘shildi.

BRB bilan imzolangan hamkorlik doirasida fuqarolar energiya tejamkor qurilish materiallari va jihozlari asosida uylarda ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli, qulay va maqsadli moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

"Yashil ta'mir" dasturi doirasida ajratiladigan ipoteka kreditining kamida 50 foizi quyidagi “yashil” yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi:

* Quyosh panellari va energiya tejamkor isitish tizimlari;
* Issiqlik izolatsiyasi bilan jihozlangan deraza va eshiklar;
* Konditsioner va boshqa ekologik toza texnika vositalari.

Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ushbu mahsulot, bir tomondan aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan — mamlakatimizda ekologik barqarorlik va energiya tejamkorlik tamoyillarini keng targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi.