22 September 2025

“UMRC SPV” MChJ kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

“UMRC SPV” MChJ kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Istiqlbolli loyihalar milliy agentligi “UMRC SPV” MChJni ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

“UMRC SPV” MChJ Kompaniya tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy faoliyati – O‘zbekistonda ipoteka obligatsiyalarini chiqarishdan iborat.

Mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 fevraldagi PF-26-sonli Farmoni hamda unga ilova qilingan “2025 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholining uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan muhim amaliy qadamdir.

“UMRC SPV” MChJning asosiy vazifalari:
tijorat banklaridan ipoteka kreditlari jamlanmalarini balansiga qabul qilish;
ushbu jamlanmalar ta’minoti ostida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish.

Mazkur tashabbus milliy kapital bozorini yanada rivojlantirish, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish va aholining uy-joy bilan ta’minlanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.