03 September 2026
Sekyuritizatsiyani joriy etish amaliyoti va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Kompaniya va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamkorligida sekyuritizatsiyani joriy etish amaliyoti va oldinda turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida sekyuritizatsiyani amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq:
-
huquqiy masalalar;
-
tartibga soluvchi va soliq masalalari;
-
bozor va infratuzilma yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Davra suhbatida ishtirokchi tijorat banklar Markaziy bank, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi, «Toshkent» Respublika fond birjasi hamda xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirok etdi. 🗺 Tadbir yakunida sekyuritizatsiyani rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini kelishish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, amaliy masalalarni muhokama qilish va sekyuritizatsiyani rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilashga xizmat qildi.
O‘zbekistonda sekyuritizatsiya mexanizmi ilk bor Kompaniyaning pilot loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilib, «UMRC SPV» MChJ tomonidan chiqarilgan jami 200,88 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari «Toshkent» Respublika fond birjasida beshta tijorat banki ishtirokida joylashtirildi.
Boshqa yangiliklar
Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam
Kompaniya va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) hamkorligidagi texnik ko‘mak missiyasining ikkinchi kuni
Kompaniya va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamkorligida texnik ko‘mak missiyasi boshlandi