24 February 2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21-fevraldagi PF-26-sonli Farmoni asosida Kompaniya faoliyatini kengaytirish, moliyaviy barqarorlikni oshirish va ipoteka obligatsiyalari mexanizmini joriy etish bo‘yicha yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
● Kompaniya huzurida ipoteka obligatsiyalarini chiqarishga ixtisoslashgan maxsus vakolatli tashkilot tashkil etiladi. ● Yangi “Tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi uchun qulay muhit yaratiladi.
● Kompaniyaning ustav kapitali 2025 yilda 1,4 trillion so‘mga yetkazilishi hamda 2030-yilga qadar 5 trillion so'mgacha oshirilishi rejalashtirilgan.
● Kompaniya ipotekani qayta moliyalashtirish kreditlari uchun 2,3 trillion so'm resurs ajratadi.
Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekistonda ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish, aholi uchun qulay va uzoq muddatli ipoteka kreditlari taqdim etish hamda moliyaviy infratuzilmani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam
Kompaniya va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) hamkorligidagi texnik ko‘mak missiyasining ikkinchi kuni
Kompaniya va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamkorligida texnik ko‘mak missiyasi boshlandi