28 August 2026

O‘zbekiston ipoteka obligatsiyalari — xorijiy axborot kanallarida

O‘zbekiston ipoteka obligatsiyalari — xorijiy axborot kanallarida

O‘zbekistonda ipoteka obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan pilot loyiha xorijiy axborot kanallarida ham e’tirof etildi.

Loyiha doirasida beshta tijorat banki ishtirokida 5 ta yopiq joylashtirish amalga oshirilib, RFB «Toshkent» orqali jami 200,875 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari muvaffaqiyatli joylashtirildi.

Mazkur natija O‘zbekistonda ipoteka va kapital bozorlarini rivojlantirish, shuningdek, ipoteka moliyalashtirishining yangi mexanizmlarini joriy etish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Ipoteka obligatsiyalarining muvaffaqiyatli joylashtirilishi nafaqat mahalliy, balki xorijiy professional va moliyaviy axborot maydonlarida ham e’tibor qozonmoqda.