19 June 2025
OTB vitse-prezidenti Kompaniyada: Ipoteka bozoriga xalqaro ishonch ortmoqda.

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) vitse-prezidenti, bozor yechimlari bo‘yicha yo'nalish rahbari janob Bhargav Dasgupta boshchiligidagi delegatsiya vakillarining O‘zbekistonga ilk tashrifi doirasida Kompaniya rahbariyati bilan ham uchrashuv bo’lib bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 2025-yil 16–21iyun kunlari davom etayotgan OTBning yuqori darajadagi missiyasi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda ipoteka moliyasini rivojlantirish, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari hamda istiqboldagi rejalar, kapital bozorlarini chuqurlashtirish borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Janob Dasgupta Kompaniyaning O‘zbekiston ipoteka bozorini isloh qilish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash borasidagi tashabbuslari nihoyatda e’tiborga loyiqligini hamda Kompaniya va OTB hamkorligi bardavom bo'lishini ta'kidladi.
Boshqa yangiliklar

Ekologik risklarni baholash va ijtimoiy standartlar: banklar uchun amaliy trening

“Yashil ta’mir” ipoteka kreditlari va subsidiya mexanizmlari: banklar bilan amaliy muloqot.

"Yashil ta'mir" ipoteka krediti dasturiga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ham qo‘shildi.
