28 November 2025
Osiyo ikkilamchi ipoteka bozori assotsiatsiyasi (ASMMA) Samarqandda o‘z ishini boshladi
✈️ Bugun Osiyo ikkilamchi ipoteka bozori assotsiatsiyasi (ASMMA) a’zolari assotsiatsiyaning umumiy yillik yig‘ilishini o‘tkazish maqsadida Samarqand shahriga yetib kelishdi.
💬 Tadbir doirasida mintaqaviy ikkilamchi ipoteka bozori rivoji, assotsiatsiya faoliyati samaradorligini oshirish va kelgusi yilgi ustuvor vazifalarni belgilash masalalari muhokama qilinishi belgilangan.

🎙Yig‘ilish ASMMA 2025-yil Raisi - O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmanovning ochilish nutqi bilan boshlandi.
🤝Unda so‘nggi yillardagi ortib borayotgan hamkorlik aloqalari, ikkilamchi ipoteka bozori ishtirokchilari o‘rtasidagi tajriba almashinuvi va mintaqaviy tashabbuslarning ahamiyati qayd etildi.

📝Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
ASMMA kotibiyatining yillik faoliyati hisoboti
ASMMA a’zolarining yillik faoliyat taqdimoti
2026-yil uchun ASMMA Raisi nomzodini tasdiqlash
O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi va Mongoliya ipoteka korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi
💡Tadbir davomida assotsiatsiya a’zolari tajriba almashish, istiqboldagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilish va mintaqaviy bozorni yanada integratsiyalash bo‘yicha fikr almashishlari ko'zda tutilgan.
Boshqa yangiliklar
Fitch Ratings Kompaniyaga "BB" reytingini va "Positive" prognozini e'lon qildi
Kompaniya xalqaro moliya institutlari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda.
Kompaniyaning so’nggi yillarda erishayotgan yutuqlari xalqaro hamkorlar e’tiborini tortmoqda.