08 April 2025
OIIBA ishtirokchilari o'rtasida chorak yakunlari muhokama qilindi.
Kompaniya raisligi ostida Osiyo Ikkilamchi Ipoteka Bozori Assotsiatsiyasi (OIIBA) ishtirokchilari o'rtasida 2025-yil I chorak natijalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Kompaniya raisligi ostida Osiyo Ikkilamchi Ipoteka Bozori Assotsiatsiyasi (OIIBA) ishtirokchilari o'rtasida 2025-yil I chorak natijalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Uchrashuv chog'ida assotsiatsiya a'zo tashkilotlari 2025-yil I chorak natijalari bo'yicha ma'lumotlar almashishdi, jumladan Filippin davlati vakillari mart oyida mamlakatida bo'lib o'tgan "Osiyo-Tinch okean ikkilamchi ipoteka bozori sammiti" haqida, Koreya davlati vakillari "9-Xalqaro moliyaviy hamkorlik forumi" haqida alohida batafsil ma'lumot berib o'tishdi.
Boshqa masalalar qatorida joriy yil yakunida O'zbekistonda, Kompaniya boshchiligida bo'lib o'tishi kutilayotgan OIIBAning yillik uchrashuvi va unga bog'liq xalqaro konferensiya haqida ma'lumot berildi.
Boshqa yangiliklar

OTB vitse-prezidenti Kompaniyada: Ipoteka bozoriga xalqaro ishonch ortmoqda.

DOM.RF va O‘zbekiston uy-joy qurilishi va moliyaviy sohalarda hamkorlikni mustahkamlamoqda.

AFD tomonidan Kompaniyaga 30 million yevro (milliy valyutadagi ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasi va grant mablag‘lari ajratilishi kutilmoqda.
