08 April 2024
OAV biz haqimizda, video
Kuni kecha "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ jamoasi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida ishtirok etishdi.
Bunda yurtimiz rahbari tomonidan mazkur loyiha bo'yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalardan biri, avtomobil yo'llari bo'ylarida daraxt ko'chatlari ekishga alohida e'tibor qaratildi va Toshkent shahar hamda Yashnobod tumani hokimliklari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Maxtumquli ko'chasida joylashgan avtomobil yo'l bo'yiga manzarali daraxt ko'chatlari o'tkazildi.
Bu esa o'z navbatida aholini va kelajak avlodni toza atmosfera havosi bilan ta'minlanishiga zamin yaratadi.
Endilikda Kompaniya tomonidan ekologiyani asrash uchun xizmat qiladigan bunday tadbirlar tez-tez tashkillashtirilishining yo'lga qo'yilishi maqsad qilib, belgilab olindi.
Video

Boshqa yangiliklar

Ekologik risklarni baholash va ijtimoiy standartlar: banklar uchun amaliy trening

“Yashil ta’mir” ipoteka kreditlari va subsidiya mexanizmlari: banklar bilan amaliy muloqot.

"Yashil ta'mir" ipoteka krediti dasturiga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ham qo‘shildi.
