16 July 2025
Mahalliy kapital bozorida yangi instrument Ipoteka obligatsiyalari!
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tashabbusi bilan 2025-yil 14-iyuldan boshlab “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipotekani sekyuritizatsiya qilish va ipotekaga asoslangan obligatsiyalarni chiqarish mexanizimi yo'lga qo'yiladi. Batafsil (https://t.me/napp_uz/1299)Bu orqali Kompaniyaga Respublikamizda dastlabki Ipoteka obligatsiyalarini muomalaga chiqarish imkoniyati yaratilmoqda
🏦 Ishtirokchi banklar:
• O‘zmilliybank
• Asakabank
• O‘zsanoatqurilishbank
• Xalq banki
• Agrobank
🎯 Maqsadlar:
• Ipoteka kreditlarini bozor tamoyillari asosida moliyalashtirish mexanizmini shakllantirish;
• Sekyuritizatsiya boʼyicha amaliy tajriba toʼplash;
• Ipoteka obligatsiyalari bozorini bosqichma-bosqich shakllantirishga asos yaratish;
📊 Bu loyiha mahalliy kapital bozorini rivojlantirish va banklar uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslarni kengaytirishda muhim qadam bo‘ladi.
Boshqa yangiliklar
Fitch Ratings Kompaniyaga "BB" reytingini va "Positive" prognozini e'lon qildi
Kompaniya xalqaro moliya institutlari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda.
Kompaniyaning so’nggi yillarda erishayotgan yutuqlari xalqaro hamkorlar e’tiborini tortmoqda.