17 April 2025
Kompaniya va "Trastbank" o‘rtasida "Bosh qayta moliyalashtirish kelishuvi" imzolandi.
Kompaniya hamkor banklari safi tobora kengayib bormoqda. Endilikda ular 12 taga yetdi. Bugun Kompaniya va "Trastbank" o‘rtasida "Bosh qayta moliyalashtirish kelishuvi" imzolandi.

"Kompaniya bilan tuzilgan bu kelishuv orqali biz mijozlarimiz uchun ipoteka kreditlarini yanada qulay shartlarda taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Uzoq muddatli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bankimizning ipoteka portfelini kengaytirish va ijtimoiy jihatdan ahamiyatli loyihalarni moliyalashtirish imkonini beradi. Biz bu hamkorlikdan katta natijalar kutyapmiz." - deydi "Trastbank" Boshqaruv Raisi Sardor Normuxamedov.

Tomonlar bu hamkorlikning uzoq muddatli va strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Kelishuv asosida amalga oshiriladigan loyiha va dasturlar mamlakatda uy-joy masalasi bo‘yicha mavjud ehtiyojlarga javob beruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
300 milliard so‘mlik korporativ obligatsiyalar to‘liq joylashtirildi
Kompaniya - Osiyo taraqqiyot banki e'tirofida.
“Uzbekistan Economic Update 2026” forumida Kompaniyaning 2025-yil natijalari va rivojlanish strategiyasi taqdim etildi.