20 October 2025

Kompaniya va OTB o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Kompaniya va OTB o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Kompaniya va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo mintaqasidagi xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy rahbari Enriko Pinali boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek Kompaniya rahbariyati ishtirok etdi.

Unda tomonlar o‘zaro hamkorlikning mavjud yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi hamda kelgusi rejalarni muhokama qildi.

Uchrashuvda ipoteka bozori barqarorligini ta’minlash, yashil moliyalashtirishni rivojlantirish, kafolat mexanizmlari, kapital bozorlarida ishtirokni kengaytirish va moliyaviy mahsulotlarni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlar asosida yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va strategik yo‘nalishlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.