12 March 2025
Kompaniya va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Kompaniya va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Kompaniya va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-13 mart kunlarida Fransiyaga davlat tashrifi doirasida O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida Kompaniya Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmanov ham ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida Kompaniya va FTA O'zbekistonda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvga erishdi.
Ushbu hamkorlik doirasida FTA tomonidan Kompaniyaga 30 million yevro milliy valyuta ekvivalenti miqdorida kredit liniyasi va grant mablagʻlari ajratilishi koʻzda tutilgan.
Mazkur moliyalashtirish paketi Oʻzbekistondagi turar-joy binolarini "yashil" taʼmirlash va energiya tejamkorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan bo'lib, aholiga qulay yashash sharoitlari yaratishga xizmat qiladi.
Ushbu kelishuv Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyot rivojida muhim qadamlardan biri bo'ladi.
Boshqa yangiliklar
Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam
Kompaniya va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) hamkorligidagi texnik ko‘mak missiyasining ikkinchi kuni
Kompaniya va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamkorligida texnik ko‘mak missiyasi boshlandi