28 September 2026
Kompaniya va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamkorligida texnik ko‘mak missiyasi boshlandi
Kompaniya, FTA va xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonda uy-joylarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan texnik ko‘mak dasturi doirasidagi ishchi uchrashuvlar boshlandi.
Uchrashuvlar davomida:
- texnik ko‘mak dasturining asosiy yo‘nalishlari va 48 oylik ish rejasi muhokama qilinadi;
- Kompaniyaning yashil moliyalashtirish sohasidagi institutsional salohiyati va amaldagi jarayonlari o‘rganiladi;
- “Yashil Ta’mir” platformasining imkoniyatlari taqdim etilib, platformaning texnik diagnostikasi boshlanadi;
- platformani yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda energiya samarador uy-joylarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish, yashil moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda “Yashil Ta’mir” yo‘nalishini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam
Kompaniya va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) hamkorligidagi texnik ko‘mak missiyasining ikkinchi kuni
Kompaniya — kapital bozori rivoji doirasida xalqaro muloqot maydonida