12 March 2025
Kompaniya seriyali obligatsiyalar chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Kompaniya tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor seriyali obligatsiyalar chiqarish mexanizmi (https://t.me/napp_uz/1078) joriy etilmoqda. Bu mexanizm emitentlarga tasdiqlangan obligatsiya dasturi doirasida bir necha emissiyalarni bosqichma-bosqich chiqarish imkonini beradi. Ushbu usul obligatsiya chiqarish jarayonini soddalashtirish, emitentlar uchun moliyalashtirish xarajatlarini optimallashtirish va bozor sharoitlariga mos ravishda mablag' jalb qilish imkoniyatini yaratadi.

Seriyali obligatsiyalar moliyaviy samaradorlik va moslashuvchanlikni oshirish bilan birga, investorlar bazasini kengaytirish va kapital bozorini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tajriba Malayziya, Rossiya, Qozog'iston kabi rivojlangan kapital bozoriga ega davlatlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Kompaniya kapital bozori rivoji yo'lida innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishda davom etadi.
Boshqa yangiliklar

Ekologik risklarni baholash va ijtimoiy standartlar: banklar uchun amaliy trening

“Yashil ta’mir” ipoteka kreditlari va subsidiya mexanizmlari: banklar bilan amaliy muloqot.

"Yashil ta'mir" ipoteka krediti dasturiga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ham qo‘shildi.