12 March 2025
Kompaniya seriyali obligatsiyalar chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Kompaniya tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor seriyali obligatsiyalar chiqarish mexanizmi (https://t.me/napp_uz/1078) joriy etilmoqda. Bu mexanizm emitentlarga tasdiqlangan obligatsiya dasturi doirasida bir necha emissiyalarni bosqichma-bosqich chiqarish imkonini beradi. Ushbu usul obligatsiya chiqarish jarayonini soddalashtirish, emitentlar uchun moliyalashtirish xarajatlarini optimallashtirish va bozor sharoitlariga mos ravishda mablag‘ jalb qilish imkoniyatini yaratadi. Seriyali obligatsiyalar moliyaviy samaradorlik va moslashuvchanlikni oshirish bilan birga, investorlar bazasini kengaytirish va kapital bozorini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tajriba Malayziya, Rossiya, Qozog‘iston kabi rivojlangan kapital bozoriga ega davlatlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Kompaniya kapital bozori rivoji yo‘lida innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishda davom etadi.
Boshqa yangiliklar
Kapital bozorida yangi bosqich: Ilk ipoteka obligatsiyalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kompaniya xalqaro moliya institutlari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda.
Kompaniyaning so’nggi yillarda erishayotgan yutuqlari xalqaro hamkorlar e’tiborini tortmoqda.