23 July 2025
Kompaniya Risk Menejerlari Kuala Lumpurda: Cagamas Berhad Tajribasini O‘rganmoqda.
Kompaniya risk menejerlari, risklarni boshqarish tizimini xalqaro ilg‘or amaliyotlarga muvofiq takomillashtirish va joriy etish maqsadida, Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida joylashgan, Kompaniyaga turdosh bo‘lgan Cagamas Berhad Milliy Ipoteka Korporatsiyasida o‘quv treningda faol qatnashmoqda.
Ushbu treningda ishtirokchilar kredit riskini boshqarish, likvidlilik riskini nazorat qilish, bozor risklarini tahlil qilish hamda operatsion risklarni aniqlash va kamaytirish jarayonlarini chuqur o‘rganmoqdalar. Bu jarayonlar Cagamas Berhadning islomiy ipoteka mahsulotlari va ularni qayta moliyalashtirish mexanizmlariga doir samarali risk boshqaruv tizimiga asoslangan.
Trening davomida, malakali mutaxassislar tomonidan risklarni baholash usullari, zamonaviy monitoring vositalari, risklarni kamaytirish strategiyalari hamda muvozanatli risk-profilni saqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar xalqaro standartlar va Malayziya moliya bozori talablari asosida qurilgan risk boshqaruvi tizimlarini amaliy misollar bilan o‘rganib, o‘z faoliyatlarida joriy etish uchun zarur bilim va tajribani oshirmoqdalar.
Bu o‘quv trening Kompaniya uchun nafaqat risklarni boshqarish bo‘yicha samarali xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish, balki mamlakatimiz ipoteka bozorining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy xavfsizlikni kuchaytirish uchun muhim qadam bo'lmoqda.
Boshqa yangiliklar
Kompaniya ISO standartlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi.
2025-yil yakunlari: Kompaniya faoliyati va ipoteka bozori tahlili
Kompaniya o’zining II emissiyasi doirasida chiqarilgan korporativ obligatsiyalari bo‘yicha III davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini investorlarga to‘lab berdi.