08 May 2024
Kompaniya qo'shimcha ipoteka krediti resurslarini ajratadi.
Kompaniya qo'shimcha ipoteka krediti resurslarini ajratadi.

Kompaniya qo'shimcha ipoteka krediti resurslarini ajratadi.
""2024-yil ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida""gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF - 70 sonli Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-6906830) imzolandi.
Unga ko'ra Kompaniyaning oldiga qo'yilgan asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:
- 2024-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich Kompaniyaga 20 yil muddatga 1,2 trillion so'm miqdorida resurs ajratiladi. Ushbu resurslar bozor tamoyillariga ko'ra birlamchi uy-joy ipoteka kreditlari uchun Kompaniya muvofiq talablari asosida tijorat banklariga qayta moliyalashtirishga yo'naltiriladi.
- "Yashil" uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga ""yashil"" ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
- Xalqaro moliya institutlaridan ""yashil"" ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun mablag'lar jalb qilinadi.
Eslatib o'tish joizki, Kompaniyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- aholining uy-joyga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish;
- mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari mablag'arini jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo'naltirish."
Boshqa yangiliklar

Ekologik risklarni baholash va ijtimoiy standartlar: banklar uchun amaliy trening

“Yashil ta’mir” ipoteka kreditlari va subsidiya mexanizmlari: banklar bilan amaliy muloqot.

"Yashil ta'mir" ipoteka krediti dasturiga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ham qo‘shildi.
