16 September 2025
Kompaniya o‘zining birinchi “Yashil” korporativ obligatsiyalari bo‘yicha investorlarga IV davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lab berdi.

Kompaniya 2024-yilning 10-iyunidan kuchga kirgan, «Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalari»ga "Istiqbolli loyihalar milliy agentligi" https://t.me/napp_uz/786 tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganidan keyin ro‘yxatga olingan birinchi rasmiy “Yashil” korporativ obligatsiyalari bo’yicha to’rtinchi davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini amalga oshirganligini ma’lum qiladi.
Ma'lumki, Kompaniya 2024-yil 16-sentabr kuni o'z kapitali doirasida 5 yil muddatga muomalaga chiqarilgan 50 mlrd so’m miqdoridagi o'zining birinchi “Yashil” Korporativ obligatsiyalarini, investorlar o’rtasida to’liq joylashtirgan edi. https://uzmrc.uz/press/ads/rasmiy-malumot.htm
Joylashtirilgan obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari investorlarga har biri 3 oylik 20 ta oraliq davrlarga bo‘lingan holda to‘lanishi belgilangan.
Kompaniya "Yashil" korporativ obligatsiyalari ICMA ning yashil obligatsiyalar tamoyillariga muvofiqligi bo'yicha "AIFC Green Finance Center" tomonidan ijobiy baholanib, yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olgan.
Eslatma: Kompaniya tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilgan 👇 https://lex.uz/docs/2720359