22 July 2025

KOMPANIYA OBLIGATSIYALARIDAN REPO INSTRUMENTI SIFATIDA FOYDALANISH IMKONIYATI YARATILDI

KOMPANIYA OBLIGATSIYALARIDAN REPO INSTRUMENTI SIFATIDA FOYDALANISH IMKONIYATI YARATILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-son Farmoniga muvofiq, Kompaniyaning korporativ obligatsiyalari hamda maxsus vakolatli tashkiloti tomonidan chiqarilgan ipoteka obligatsiyalaridan REPO instrumenti sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi.
Mazkur hujjat doirasida Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida REPO operatsiyalarini amalga oshirishda davlat qimmatli qog‘ozlari qatorida Kompaniya obligatsiyalaridan foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ushbu amaliyot “O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB) platformasi orqali muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
Bunda, Kompaniyaning ikkinchi emissiyasi doirasida chiqarilgan korporativ obligatsiyalar investori hisoblangan “Hamkorbank” ATB sotib olgan obligatsiyalarning bir qismini Markaziy bank bilan REPO amaliyoti doirasida joriy yilning 16-iyul kuni O‘zRVB platformasi orqali muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Markaziy bank tomonidan likvidlik taqdim etish operatsiyalarida Kompaniya obligatsiyalariga nisbatan quyidagi chegirish koeffitsientlari belgilangan:
  • Ipoteka obligatsiyalari — 10%;
  • Korporativ obligatsiyalar — 20%.

REPO mexanizmining joriy etilishi mahalliy kapital bozorini rivojlantirish, tijorat banklari uchun uzoq muddatli moliyalashtirish manbalarini kengaytirish hamda Kompaniya obligatsiyalari jozibadorligini oshirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.