05 September 2025

Kompaniya kapital bozoridagi yangi tashabbuslarini taqdim etdi.

Kompaniya kapital bozoridagi yangi tashabbuslarini taqdim etdi.

Kompaniya Cbonds Congress tomonidan Toshkentda tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” VII Xalqaro konferensiyasida spiker sifatida ishtirok etdi.

​​“Mahalliy kapital bozori – o‘tgan yil natijalari va kelgusi rejalar” mavzusidagi panel sessiyasi doirasida Kompaniya o'zining so‘nggi yutuqlari va erishilgan natijalarini taqdim etib, O‘zbekiston korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirish asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi. So‘nggi ikki yil davomida Kompaniya mahalliy qarz kapital bozoridagi eng yirik va eng faol emitentlardan biriga aylandi. Kompaniya bundan buyon ham ta’minotsiz korporativ instrumentlar orqali mablag‘ jalb qilishni davom ettirish, shuningdek, bozorga yangi mahsulotlarni – sek’yuritizatsiya, birjada sotiladigan obligatsiyalar, ESG-ga bog‘liq instrumentlar, islomiy moliya mahsulotlari va boshqalarni joriy etishni rejalashtirmoqda.

Shu munosabat bilan, Kompaniya O‘zbekistonda “regulyativ sandbox” doirasida ipoteka bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarning tajriba tariqasidagi emissiyasi bo‘yicha asosiy xususiyatlarni taqdim etdi va bu jarayonning bank sektori, milliy kapital bozori hamda keng jamoatchilik uchun kutilayotgan afzalliklarini alohida qayd etdi. Kompaniya ta’kidlaganidek, ipoteka kreditlarini sek’yuritizatsiya qilish mamlakatda uy-joy xarid qilish imkoniyatlarini yaxshilashda muhim rol o‘ynashi, tijorat banklari uchun qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini ochib berishi hamda bozor mexanizmlariga asoslangan arzon ipoteka kreditlashni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.