22 September 2026
Kompaniya — kapital bozori rivoji doirasida xalqaro muloqot maydonida
Kompaniya vakili Marat Nurmamatov Cbonds tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston kapital bozori” VIII xalqaro konferensiyasida spiker sifatida ishtirok etdi.
O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirishga bag‘ishlangan panel muhokamasi davomida Kompaniyaning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish, ipoteka aktivlarini sekyuritizatsiya qilish, kapital bozorida obligatsiyalar chiqarish bo‘yicha amaliy tajribasi hamda yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda islomiy moliya instrumentlari, xususan, sukuk chiqarish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Konferensiya kapital bozori ishtirokchilari hamda xalqaro va mahalliy ekspertlar bilan tajriba almashish va moliyaviy instrumentlarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim professional platforma bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar
Kapital bozorida sekyuritizatsiya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam
Kompaniya va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) hamkorligidagi texnik ko‘mak missiyasining ikkinchi kuni
Kompaniya va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamkorligida texnik ko‘mak missiyasi boshlandi