22 September 2025
Kompaniya bugundan boshlab norasmiy daromadga ega mijozlarga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni yo‘lga qo‘ydi.
Mazkur mexanizm Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, hamkor tijorat banklariga ipoteka kreditlarini yanada kengroq qatlamga taqdim etish imkonini beradi.Yangi amaliyotning joriy etilishi rasmiy daromad hujjatlarini taqdim eta olmaydigan, biroq barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ipoteka kreditidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu yangi mahsulot aholining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanib, ipoteka bozorini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Batafsil (https://uzmrc.uz/refinance-programm/muvofiqlik-mezonlari/)
Boshqa yangiliklar
300 milliard so‘mlik korporativ obligatsiyalar to‘liq joylashtirildi
Kompaniya - Osiyo taraqqiyot banki e'tirofida.
“Uzbekistan Economic Update 2026” forumida Kompaniyaning 2025-yil natijalari va rivojlanish strategiyasi taqdim etildi.