26 March 2025
Kompaniya 200 milliard so'mlik korporativ obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi.
Kompaniya o‘zining beshinchi chiqarilishdagi 200 mlrd so'mlik korporativ obligatsiyalarini joriy yilning 26-mart kuni yopiq obuna usulida to‘liq joylashtirganligini ma’lum qiladi. Hozirda Kompaniya tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalar umumiy hajmi 790 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa Kompaniyani korporativ obligatsiyalar bozoridagi eng yirik emitentga aylantirdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Kompaniya korporativ obligatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritiliganligi va REPO imkoniyati yaratilganligi, shuningdek obligatsiyalardan olinadigan daromadlarning foyda solig’idan ozod etilishi (https://www.lex.uz/uz/docs/-7395923) obligatsiyalarning jozibadorligini yanada oshirib, navbatdagi chiqarilishlarda tijorat banklaridan tashqari sug‘urta tashkilotlari, fondlar va boshqa investorlarning ham katta qiziqishiga olib keladi.
Boshqa yangiliklar
Fitch Ratings Kompaniyaga "BB" reytingini va "Positive" prognozini e'lon qildi
Kompaniya xalqaro moliya institutlari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda.
Kompaniyaning so’nggi yillarda erishayotgan yutuqlari xalqaro hamkorlar e’tiborini tortmoqda.