02 October 2025
Kompaniya - Olmaotada o'tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Joriy yilning 29-30 sentabr kunlari Olmaotada bo‘lib o‘tgan «Uy-joy qurilish jamg‘armalari: ilg‘or tajribalar va turli mintaqalarda strategik yetakchilik» xalqaro konferensiyasi doirasida Kompaniya Bosh ijrochi direktori o‘rinbosari “Markaziy Osiyo uchun uy-joy qurilish jamg‘armalari yo‘l xaritasi” mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etdi.
Panel muhokamasi davomida O‘zbekistonning uy-joy qurilish jamg‘armalari tizimiga oid qarashlari, milliy dastur doirasida ipoteka bozorini rivojlantirish bo‘yicha tajribasi, ushbu tizimning afzallik va kamchiliklari hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Konferensiya ishtirokchilari O‘zbekistonning ipoteka bozorini rivojlantirish, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash borasidagi tajribasini yuqori baholadilar.

Tadbir yakunida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun uy-joy qurilish jamg‘armalari tizimini rivojlantirish, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ilgari surildi.
Boshqa yangiliklar
Kapital bozorida yangi bosqich: Ilk ipoteka obligatsiyalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kompaniya xalqaro moliya institutlari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda.
Kompaniyaning so’nggi yillarda erishayotgan yutuqlari xalqaro hamkorlar e’tiborini tortmoqda.