04 October 2024
Jamoaviy sport teambuilding tadbiri muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Jamoaviy sport teambuilding tadbiri muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Jamoaviy sport teambuilding tadbiri muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Kompaniya jamoasi navbatdagi teambuilding tadbirini sport ruhida nishonladi. Ushbu tadbir Kompaniya xodimlari o‘rtasida jamoaviy ruhni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va bir-birlariga bo‘lgan ishonchni oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida qiziqarli sport musobaqalari o‘tkazildi. Xodimlar futbol, voleybol, estafeta va boshqa turli sport turlari bo‘yicha bellashdilar. Har bir musobaqa nafaqat jismoniy kuch talab qildi, balki jamoaviy hamkorlik va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham sinovdan o‘tkazdi.
Sport bellashuvlaridan so‘ng g‘olib bo‘lgan jamoalar va xodimlar taqdirlandi.
Sport musobaqalari orqali jamoaning har bir a’zosi o‘z o‘rnini topib, ish faoliyatida ham bu birlik va birdamlikni davom ettirishi kutilmoqda."


Boshqa yangiliklar
300 milliard so‘mlik korporativ obligatsiyalar to‘liq joylashtirildi
Kompaniya - Osiyo taraqqiyot banki e'tirofida.
“Uzbekistan Economic Update 2026” forumida Kompaniyaning 2025-yil natijalari va rivojlanish strategiyasi taqdim etildi.