03 September 2026

Ipoteka kreditlashda yagona standartlar — barqaror va shaffof bozor sari muhim qadam

Ipoteka kreditlashda yagona standartlar — barqaror va shaffof bozor sari muhim qadam

Kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlikda “Ipoteka kredit standartlari” qo‘llanmasi ishlab chiqildi.

Mazkur qo‘llanma ipoteka kreditlarini ajratish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida yagona, aniq va shaffof yondashuvlarni shakllantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish hamda ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan.

“Ipoteka kredit standartlari”ning asosiy afzalliklari:

  • ipoteka kreditlash jarayonlarini yagona va shaffof me’yorlar asosida tashkil etish;
  • kredit tashkilotlari o‘rtasida yagona metodologik yondashuvni shakllantirish; 
  • ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish va sekuritizatsiya mexanizmlarini rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratish;
  • ipoteka bozorining barqarorligini mustahkamlash va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalarini kengaytirishdan iborat;
  • Ipoteka kredit standartlari — ipoteka kreditlash amaliyotida yagona yondashuvlarni qaror toptirish, moliyaviy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va zamonaviy ipoteka bozorini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim amaliy qo‘llanmadir.

🔗 Qo‘llanma quyidagi havolada keltirilgan :  Ipoteka kredit standartlari qo‘llanmasi