08 May 2025
AFD tomonidan Kompaniyaga 30 million yevro (milliy valyutadagi ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasi va grant mablag‘lari ajratilishi kutilmoqda.
Avval xabar qilganimizdek Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) va Kompaniya o'rtasida hamkorlik o‘rnatilib, ushbu hamkorlik doirasida AFD tomonidan Kompaniyaga 30 million yevro (milliy valyutadagi ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasi va grant mablag‘lari ajratilishi kutilmoqda.
Mazkur loyiha O‘zbekistonda turar joy binolarining energiya samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan bo’lib, ayni paytda baholash va tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Loyihaga ko‘ra, AFD tomonidan kredit liniyasi va texnik yordam ajratilib, Kompaniya orqali tijorat banklari ishtirokida yakuniy iste’molchilarga kreditlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyiha doirasida aholining energiya samaradorligi bo‘yicha xabardorlik darajasini aniqlash uchun maxsus onlayn savolnoma o‘tkazilmoqda. Savolnoma loyihaning texnik konsultantlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yig’ilgan ma’lumotlar loyihaning iqtisodiy va texnik asoslarini shakllantirishda foydalaniladi.
Boshqa yangiliklar
Fitch Ratings Kompaniyaga "BB" reytingini va "Positive" prognozini e'lon qildi
Kompaniya xalqaro moliya institutlari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda.
Kompaniyaning so’nggi yillarda erishayotgan yutuqlari xalqaro hamkorlar e’tiborini tortmoqda.